Namanganda o‘zganing 22 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan fuqaro avval ham firibgarlik jinoyati uchun sudlangani aniqlangan.
Firibgarlik jinoyatini sodir etgan namanganlik shaxs yana shunday jinoyatga qo‘l urgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi ayol M.G. IIBga ariza bilan murojaat qilib, bank kartasidagi 22 mln so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini bildirgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan R.N. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan R.N., jabrlanuvchi bilan Telegram orqali yozishmalarda o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib, pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilgan.
So‘ng aldov yo‘li bilan 22 mln so‘mni kartasiga o‘tkazib olib pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi