Namanganda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
Pop tumanidagi maktabda o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan direktor 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Namangan viloyati Pop tumanidagi maktablardan birining direktori o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun jarimaga tortildi, deya xabar bermoqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, tumandagi 43-maktab direktori ta’til bo‘lishiga qaramay, pedagoglarni chaqirib, soat 16:00 gacha maktab hududidagi o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yuldirgan. Biroq direktor bunday qonun-qoidalarning tashabbuskori emasligini aytgan, kimning buyrug‘i ekanligiga esa javob berishni istamagan.
O‘zim ham birga o‘sha yerlarni tozalayman. Endi oylik olgandan keyin ularga ham nimadir ish topib berish kerak-ku. Ichkarida ish yo‘q. Hamma joyda shunday. Saylov jarayonlari boshlandi. Nazorat uchun kelganlar obodonlashtirishni ko‘radi, degan direktor.
Bandlik vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirarkan, Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 349 sonli qaroriga zid ravishda muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilganini aniqladi.
Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (17 mln so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi O‘zbekistonda bog‘cha direktori lavozimiga nomzod ko‘rsatishning yangi tartibi joriy qilinadi O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi Andijonda o‘qituvchilar maktabdagi qurilish ishlariga jalb qilingani aytildi Qashqadaryoda fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 55 ming dollar so‘ragan mansabdor 6 yilga qamaldi