Namanganda hujjatlarsiz dorilar va tibbiy buyumlar saqlangan omborxonalar aniqlandi
Namangan shahrida 1,2 mlrd so‘mlik hujjatlarsiz dorilar va tibbiy buyumlar saqlangan omborxonalar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro N.P. Namangan shahridagi “Lola” hamda “Ozod” MFY hududida joylashgan 2 ta tovarlar saqlash omborini ijaraga olib, ushbu omborxonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,2 mlrd so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Mingbuloq tumani sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi Namanganda qasddan odam o‘ldirib, yashirinib yurgan erkak qidirilmoqda Sirdaryo va Namanganda “valyutchik”lar qo‘lga tushdi