20 Noyabr 2024, 12:30 Oʻzbekiston

Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Hozirda Pop tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Namangan viloyatining Pop tumanida bir oilaning 3 nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Maʼlum bo‘lishicha, 18-noyabr kuni soat 7:30 larda Pop tumani, “Iskovut” MFYda yashagan 36 yoshli A.B., farzandlari 10 yoshli O.A. hamda 14 yoshli A.A. yashash xonadonida isitish uchun o‘rnatilgan qo‘lbola usulda tayorlangan pechkaga yoqilgan tabiiy gazdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Shuningdek, xonadonda bo‘lgan A.B.ning turmush o‘rtog‘i G.M. is gazidan zaharlanib, og‘ir holatda tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar