Namanganda teplovoz bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi haloh bo‘ldi
Teplovoz mashinisti tezkorlik bilan shoshilinch tormozni bosgan, ammo to‘qnashuvning oldini olishni iloji bo‘lmagan.
Namangan viloyati Uychi-Chortoq temiryo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida 9-noyabr kuni soat 10:20 larda avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1961-yilda tug‘ilgan haydovchi Damas avtomashinasini boshqarib borayotib, kesishmadagi to‘xtash belgisiga amal qilmay harakatlanishda davom etgan.
Oqibatda avtomashina temiryo‘lda harakatlanib kelayotgan teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xabariga ko‘ra, teplovoz mashinisti tezkorlik bilan shoshilinch tormozni bosgan, ammo to‘qnashuvning oldini olishni iloji bo‘lmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda yo‘l o‘rtasiga ko‘p yillik chinor qulab tushdi Andijonda piyoda ayolni Damas urib ketdi Namangandagi zapravkada Niva yonib ketdi Namanganda JAC pikapi yonib ketdi Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi