Namanganda 9-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi
Namangan shahrida maktab o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada YTH sodir etdi.
Namangan shahrida maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 2 noyabr kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Namangan shahar Davlatobod tumanidagi xususiy maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasini ijaraga olib katta tezlikda boshqargan.
Oqibatda, mashina boshqaruvni yo‘qotib aylanib ketgan va yo‘l chetiga o‘rnatilgan yo‘l belgisiga borib urilgan.
Dastlab o‘quvchi avvaliga mashina akasiga tegishli ekanini aytgan. Biroq surishtiruvlar davomida mashina boshqa shaxsga tegishli ekani, uni ikki soatga 150 ming so‘mga ijaraga olgani aniqlangan.
Mashinada o‘quvchi sinfdoshi bilan bo‘lgan. Hodisada baxtli tasodif tufayli hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi