Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyatida 700 mingdan ortiq aholidan maishiy chiqindi uchun noqonuniy pul olinganini ma’lum qildi.

Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi “Namangan musaffo iqlim” MChJning I yarim yilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmatlari ko‘rsatilgan Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va Mingbuloq tumanidagi mahallalar iste’molchi abonentlar-xonadonlariga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha olingan dalolatnomalar tahlil qilingan.
Namangan viloyatning 6 ta hududida joylashgan 275 ta mahallada 1 million 300 minga yaqin aholi istiqomat qilsa-da, tashkilot tomonidan hududda 176 ta mahalladagi 633 ming 598 nafar aholini (qamrov 50,8 foiz) qamrab olinmaganligi hamda 762 ming 512 nafar iste’molchiga 11 milliard so‘mlik ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangani holatlari aniqlandi.
“Namangan musaffo iqlim” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, 762 ming 512 nafar iste’molchi foydasiga 11 milliard so‘m qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







