Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
DXX 4 nafar fuqaroni Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi.
Namanganda Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSh dollari olganlikda gumonlanayotgan shaxs Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda Telegram`dagi Xavfsizlik kanali xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi 26 yoshli shaxs 4 nafar samarqandlik fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborishga kelishgan. U buning uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi (Takroran pora berishda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Namanganda 246 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi Saudiyadan O‘zbekistonga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi