Namanganda 3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Uchqo‘rg‘on tumanidagi issiqxonada 3 milliard 2 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Guliston shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatida gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib tashlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatida gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib, 223 milli 300 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bu kabi holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3 milliard 2 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi