Namanganda 21 yoshli bank xodimi uchinchi qavatdan itarib yuborildi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar ushlangan.
Namangan shahrida 21 yoshli bank kassirini uchinchi qavatdan itarib yuborgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 22 yoshli M.X. va uning tanishi L.N. 21 yoshli bank kassiri A.M. bilan o‘zaro tortishishi natijasida janjalashib ketgan. Yigitlar uni qasddan o‘ldirish maqsadida xonadonning yotoqxona oynasi romiga majburlab chiqarib, ko‘p qavatli xonadonning uchinchi qavatidan pastga majburan itarib, tashlab yuborgan. Shundan so‘ng ular yashirinish maqsadida Spark avtomashinasida voqea joyidan nom’alum tomonga qochib ketgan.
A.M.ga voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonadonning hovlisida bo‘lgan fuqarolar tomonidan yordam ko‘rsatilib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borilgan, u tirik qolgan.
Shifokorlarning dastlabki ma’lumotnomasida, fuqaro A.M.dagi jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.X. va uning tanishi L.N. ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda ikki kishini Hajga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi Surxondaryoda bank xodimi xususiy korxona hisobidagi 60 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi Namanganda 15 kunlik chaqaloq tamaddixona oldiga tashlab ketildi Namanganda ayol oʻzini ikki farzandi bilan kanalga tashladi Namanganda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi