Namanganda 13,3 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlarida koʻmir taʼminotidagi talon-torojliklar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda “Koʻmir taʼminot” MChJning Namangan shahri koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga yetkazib berish uchun ajratilgan umumiy bahosi 4,1 mlrd soʻmlik jami 13,3 ming tonna koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “Koʻmir taʼminot” MChJning Bogʻot tumani koʻmir ombori kassiri S.K. haydovchisi E.O. va ombor qorovuli K.M. umumiy bahosi 85,5 mln soʻmlik 276 tonna koʻmirni ombordan yashirincha olib chiqib, shundan 900 kg koʻmirni fuqaro M.X.ga 1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari ushbu koʻmir omborida 345,8 tonna koʻmir kamomadi aniqlangan.
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.T.S.” MChJ masʼul shaxslari Taxtakoʻpir va Shumanay tumanlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida koʻmir xarid qilish uchun byudjetdan ajratilgan 1,4 mlrd soʻm mablagʻlarning 340,8 mln soʻmini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Manbaga koʻra, hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi