O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati va tariflari tasdiqlandi, deyiladi Moliya vazirligi rahbarining buyrug‘ida.

Ro‘yxatga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 68 turdagi xizmatlar kiritildi:

  • eksport-import operatsiyalari bo‘yicha axborot olish;
  • Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
  • Bojxona instituti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
  • Milliy kinologiya markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Markaziy bojxona laboratoriyasi to‘qimachilik matolarining tarkibini aniqlash (BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha), qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan buyumlarni ekspertizadan o‘tkazish (BHMning 0,4 foizidan 1,5 baravarigacha) va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi. Milliy kinologiya markazi 50 dan ortiq xizmatlarni ko‘rsatadi, jumladan:

  • mushuk yoki itni klinik tekshiruvdan o‘tkazish va ma’lumotnoma berish (BHMning 10%i);
  • mushuk va itlarda oddiy va murakkab operatsiyalarni o‘tkazish (BHMning 30% dan 50% gacha);
  • turli kasalliklarni davolash (BHMning 10% dan 30% gacha);
  • veterinarning borishi (BHMning 15 foizidan BHMning 1 baravarigacha);
  • laboratoriya tekshiruvlari (BHMning 10%i);
  • joyiga borib o‘rgatish (1 soat uchun BHMning 50%i).

Mavzuga doir: Xarajatlarni qoplash uchun tariflarni oshirishdan boshqa choramiz yo‘q — Moliya vazirligi rahbari. Jamshid Qo‘chqorov 2028-yildan boshlab gaz va elektr energiyasi narxlarini subsidiyalash tugashini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, narxlarni subsidiyalash bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekistonda uzoq yillar davomida tariflar oshirilmagani bilan bog‘liq.