Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi
Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilindi.

“Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-1014-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi
Unga koʻra, Soliq kodeksiga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaning QQSdan ozod etilishini, shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha yer soligʻini ikki baravar miqdorida hisoblash tartibi bekor qilinishini, YATT xodimlari tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilishini, shuningdek soliq toʻlovchilar bojxona chegarasini kesib oʻtganligini tasdiqlovchi belgi qoʻyilgan tovarning kuzatuv hujjatlarini soliq organlariga taqdim etish majburiyatidan ozod etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, mobil aloqa xizmatlarining aksiz soligʻini solishdan ozod etilishi, noshirlik-matbaa faoliyati, axborot texnologiyalari, taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini tadbirkorlarga ishga joylashtirish, yoshlarni avtomobil yoʻllaridagi koʻchma savdo obyektlari orqali tovarlarni realizatsiya qilishga jalb etish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan kam taʼminlangan oila aʼzolarini ishga qabul qilish orqali ularni qoʻllab-quvvatlash sohasida vaqtinchalik soliq imtiyozlari joriy etilishi, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq imtiyozlari berilishi ham nazarda tutilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
To‘xtash talabini bajarmaganlar haydovchilik huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi mumkin Farzandini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilgan ota-onalar jarimaga tortiladi Qurilish jarayonida chang-to‘zon ko‘tarilishini bartaraf etmagan shaxslar jarimaga tortilishi mumkin Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari endi uch karra yuqori soliq to‘laydi O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlandi
Soʻnggi yangiliklar







