17 Dekabr 2024, 15:42 Oʻzbekiston

Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Mazkur ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan.

Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi

Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda Bilimni baholash agentligi axborot xizmati.

Unga koʻra, joriy yilning 21–22-dekabr (shanba-yakshanba) kunlari ona (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni boʻlib oʻtadi. Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan olishlari mumkin.

Mazkur ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻraladi.

Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

Taʼkidlanishicha, test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Mashhur yangiliklar