Konditsioneri ishlamagan kupe chiptalaridan pullar chegirib qolinadi
Raqobat qo‘mitasi yo‘lovchi vagonining sovitish tizimi ishlamagan taqdirda ma’lum summadagi mablag‘lar kompensatsiya sifatida qaytarib berilishini bildirdi.
Raqobat va iste’molchi huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, endilikda konditsioneri ishlamagan kupe uchun chiptadan ma’lum summadagi pullar chegirib qolinadi.
Ya’ni sovitish tizimi xizmatlari uchun ham chiptaga to‘lov qilingan, ammo yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan paytda konditsioner ishlamasa va bu holat o‘z tasdig‘ini topsa, yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘’tadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan shu yilning 19 iyul sanasidan kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaydi, chipta narxidan chegirib qolinadi.
Qolaversa, qo‘mita yuqoridagi kabi muammolar yuzasidan tashkilotning o‘zi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga konditsioner ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan tegishli raqam va elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi Raqobat qo‘mitasi manipulyatsiya harakatlarini sodir etgan korxonaga chora ko‘rildi