21 Oktabr 2024, 15:30 •Oʻzbekiston
Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganish o‘tkazdi
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi ovqatlanish joylarining 75 foizida taomnoma davlat tilida emasligi aniqlangan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o‘rganish ishlari olib bordi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran kafe, oshxona va bufet) ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotganligi, narxlarni oshirib qo‘llash hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotgani yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.
Qo‘mita o‘rganish ishlari natijasida:
- 524 tasida — (75 foizi) taomnoma davlat tilida emas;
- 480 tasida — (69 foizi) ish rejimi ko‘rsatilmagan;
- 449 tasida — (65 foizi) narxnomalar mavjud emas;
- 429 tasida — (62 foizi) avtoturargohlar mavjud emas;
- 519 tasida — (74,6 foizi favqulodda vaziyatlari uchun chiqish yo‘laklari mavjud emasligi aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 500 dan ortiq umumiy ovqatlanish subyektlari ustidan vakolatli organlarga ma’lumotlar kiritilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi 30 ga yaqin veb-sayt bloklandi Paxta mahsulotlarini sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi O‘zbekistonda propan narxi o‘sishiga cheklov o‘rnatildi
Soʻnggi yangiliklar
Kogon shahriga ham yangi hokim tasdiqlandi
30 Noyabr 2024, 19:17Avtobus yo‘lagida harakatlanish qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi
30 Noyabr 2024, 18:22O‘zbekiston ochlik va kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha global alyansga qo‘shildi
30 Noyabr 2024, 17:15O‘zbekistonda 10 oyda 110 trln so‘mdan ziyod transport xizmatlari ko‘rsatilgan
30 Noyabr 2024, 16:12Buxoroning ikki tumaniga yangi rahbarlar keldi
30 Noyabr 2024, 15:26Buxoroda YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
30 Noyabr 2024, 14:34Qo‘shiqchi Kanizani haqorat qilgan ikki yigit jarimaga tortildi
30 Noyabr 2024, 13:40Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
30 Noyabr 2024, 12:38