Kon-geologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.
10-oktabr kuni Yusupov Ural Sadullayevich tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ural Yusupov 1985-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Navoiy davlat konchilik instituti (bakalavriat), S.Ordjonikidze nomidagi Rossiya davlat geologiya va qidiruv universitetini (magistratura) tamomlagan.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda faoliyat yuritgan.
Yusupov yangi lavozimda ko‘mir, uran, qora, noyob va texnologik metallar ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, qazib chiqarish va qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish, sohani transformatsiya qilish hamda unga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, u “Navoiyuran” DK, “O‘zbekko‘mir” AJ, “Sharg‘unko‘mir” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi Shavkat Mirziyoyev 9 nafar senatorni tayinladi Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi Oʻzbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi