22 Fevral 2025, 19:11 Oʻzbekiston

Kelasi hafta boshida ayrim hududlarda qor yogʻishi aytildi

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 25-26-fevralda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi.

Kelasi hafta boshida ayrim hududlarda qor yogʻishi aytildi

“Oʻzgidromet” 24-26-fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 24-25-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 26-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-25-fevralda 3-8 daraja sovuq, 26-fevralda 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 24-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qor) boʻladi, 25-26-fevralda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 24-26-fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 25-fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 26-fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 24-25-fevralda 3-8 daraja sovuq, 26-fevralda 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 25-fevralda yomgʻir yogʻadi, kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 24-26-fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24-fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 25-fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 26-fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 25-fevralda yomgʻir yogʻadi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, 26-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 24-26-fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin . Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24-fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 25-fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 26-fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 24-25-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 26-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirb, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 26-fevralda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24-fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 25-fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 26-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 25-26-fevralda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 24-26-fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 25-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 26-fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Mashhur yangiliklar