Kattaqo‘rg‘onda somonpoyaga o‘t qo‘ygan fermer xo‘jaligi 244 mln so‘m jarimaga tortildi
Fermer xo‘jaligi yeridagi somonpoyaning yoqib yuborilishi oqibatida dala chetidagi 240 tup tut daraxti shikastlangan.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida g‘alladan bo‘shagan yerdagi somon poyalarini yoqib yuborgan fermer xo‘jaligi jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani Yakkabog‘ MFY hududida «Xushnudbek Shavkat Fayzi dalalari» fermer xo‘jaligining 8.8 gektar yerida g‘alladan bo‘shagan somonpoya yoqib yuborilgan. Oqibatda dala maydoni atrofida o‘sib turgan 240 tup tut daraxtlari shikastlangan.
Holat Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish bo‘limi davlat inspektorlari va tuman FVB xodimlari ishtirokida aniqlanib, fermer xo‘jaligi tomonidan o‘simlik dunyosiga 244 800 000 so‘m zarar yetkazilgani hisoblangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi Farg‘onadagi sihatgohda yong‘in sodir bo‘ldi Toshkentdagi mebel sexida yongʻin yuz berdi Samarqandda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani rad etildi