30 Sentabr 2024, 12:02 Oʻzbekiston

Kamila Gaynulina Prezident matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Prezident matbuot xizmatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Kamila Gaynulina Prezident matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi

Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida ishlab kelgan Bahodir Yunusov Prezident matbuot xizmati sho‘ba mudiri etib tayinlandi.

Ushbu lavozimda 2020-yildan buyon G‘ulomjon Samadov ishlab kelayotgan edi. U “Nurafshon” telekanali direktorligida ish boshladi.

Bahodir Yunusov Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti lavozimida 2018-yildan buyon ishlab kelayotgandi. Undan avval ko‘p yillar davomida O‘zbekiston MTRK tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan, so‘ng Vazirlar Mahkamasining departamentlaridan birida ham ishlagan. 2017-yilda MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Shuningdek, farmoyish bilan Buyuk Britaniyadagi Xalt xalqaro biznes maktabi va Birmingem universitetini tamomlagan Kamila Gaynulina Prezident matbuot xizmati yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

Mashhur yangiliklar