Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi
Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugu, 23 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Bandlik vazirligining hozirgi ish yuritishi bilan bu marralarga erishib bo‘lmasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangani maʼlum qilindi.
Bu vazirlik faoliyati ham mutlaqo boshqacha bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. Mahallabay agentligi tugatilib, uning barcha vazifalari hamda hokim yordamchilari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘tadi.