24 Sentabr 2024, 11:57 •Oʻzbekiston
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar amalga oshiriladi:
- 2025 yil 1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
- 2025-2026 o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
- 2025 yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:
- kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi bog‘chada bola ayollar kiyimini kiyib, raqsga tushishga majburlandi Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan mukofotlari daromad solig‘idan ozod etiladi Endi davlat oliygohlari hududida ham bog‘cha tashkil etish mumkin O‘zbekistondagi bog‘chalarda fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi
Soʻnggi yangiliklar
Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
23 Noyabr 2024, 12:33