23 Avgust 2024, 15:43 Oʻzbekiston

Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli yigit javobgarlikka tortildi

Jizzax shahrida “shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda soqol o‘stirib yurgan” 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli yigit javobgarlikka tortildi

2024 yil 29 may kuni “diniy muhitni sog‘lomlashtirish” bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirda, Jizzax shahridagi “Ko‘k bozor” hududida “shaxsni identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan ko‘rinishda soqol o‘stirib yurgan” 22 yoshli fuqaro aniqlangan.

Joriy yil 13 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ochiq sud majlisida sudya S.Rasulov – fuqaroni aybdor deb topib, soqol o‘stirib yurishni MJtKning 184-4-moddasi bilan to‘g‘ri malakalangan deb hisoblagan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro S.T. MJtKning 184-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va shu modda bilan BHMning besh baravari miqdorida (1,7 mln so‘m) jarimaga tortilgan.

Mashhur yangiliklar