19 Fevral 2025, 08:17 Oʻzbekiston

Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jizzax viloyatida qalbaki 51 000 AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.

Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Ikki fuqaro S.G.ga 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 51 000 qalbaki AQSh dollarini hamda 200 ming so‘mlik kupyurali qalbaki 100 mln so‘mni jami 93 mln so‘mga sotishga kelishgan bo‘lgan.

Shundan ular 39,2 mln so‘mni bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar