O‘zbekiston

Jizzax viloyatida yangi yo‘l va yo‘l o‘tkazgich qurildi

Yangi yo‘llar avtomobillar, jumladan, tez yordam, o‘t o‘chirish va tezkor xizmatlar harakatini sezilarli darajada yengillashtiradi.

Jizzax viloyatida 290 mlrd so‘mga 4 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li va yo‘l o‘tkazgich qurildi. Loyiha prezidentga taqdim etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l Jizzaxning janubiy chekkasida qurilgan. 4 kilometrlik yangi avtomobil yo‘li va 700 metrlik yo‘l o‘tkazgich viloyat markazini M-39 avtomagistrali bilan bog‘laydi. U 25 km uzunlikdagi eski aylanma yo‘lga muqobil bo‘ladi.

Yangi yo‘l qurilishiga qariyb 290 mlrd so‘m sarflangan. Uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati kuniga 14 ming mashinani tashkil etadi. Yo‘l o‘tkazgich zamonaviy texnologiyalar asosida metall konstruksiyalardan qurilgan bo‘lib, temir-beton inshootlardan ikki barobar ko‘p — 100 yilgacha xizmat qilishi mumkin.

Loyihaning amalga oshirilishi poyezdlarni o‘tkazib yuborish uchun avtomobillarni, shu jumladan favqulodda xizmatlarni to‘xtatish muammosini hal qildi.

Avvalroq Andijon viloyatida yangi pullik yo‘l paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Loyihani xitoylik hamkorlar ko‘magida amalga oshirishmoqchi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная