Iste’molchilardan suv va elektr uchun 12 mlrd so‘m ortiqcha undirilgani aniqlandi
Raqobat qoʻmitasining taʼkidlashicha, ortiqcha undiruvlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.

Raqobat qoʻmitasi 2024-yil davomida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 200 mingdan ortiq isteʼmolchilardan turli mahsulotlar va xizmatlar uchun 50 milliard soʻmga yaqin mablagʻ ortiqcha olinganini aniqladi.
Qayd qilinishicha, jumladan, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan ichimlik suvi uchun narx shakllantirish talablari buzilgani aniqlangan. Oqibatda, isteʼmolchilardan 7 mlrd soʻmga yaqin ortiqcha mablagʻ undirilgan.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli Nizomi talablari buzilishi oqibatida 5 mlrd soʻmga yaqin ortiqcha mablagʻ undirilgani aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, ortiqcha undiruvlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
2024-yil davomida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida, raqobat qonunchiligi talablari buzilgan 400 dan ortiq holat yuzasidan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxorodagi 47 ta “zapravka”da narxlar sun’iy ravishda oshirilgani aniqlandi Raqobat qo‘mitasi “Aloqabank”ni jarimaga tortdi Navoiyda isteʼmolchilardan asossiz olingan 200 mln soʻm qayta hisoblanadi Toshkentdagi shifoxonada bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi O‘zbekistonda 1300 ga yaqin dorixonada dori vositalari narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







