28 Sentabr 2024, 17:38 Oʻzbekiston

Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilganini eʻlon qildi

Hasan Nasrulloh Livandagi harakatga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan.

Isroil “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilganini eʻlon qildi

Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) Isroilning Bayrutga bergan zarbasi natijasida “Hizbulloh” harakati rahbari Hasan Nasrulloh oʻlganini maʻlum qildi.

“Hizbulloh” tashkiloti rahbari va uning asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh “Hizbulloh” janubiy fronti qoʻmondoni Ali Karki va boshqa “Hizbulloh” qoʻmondonlari bilan birga TSAHAL tomonidan yoʻq qilindideyiladi Isroil armiyasi 28 sentabr, shanba kuni bergan bayonotida.

Jangchilar yetakchisi bir kun avval, “Hizbulloh” rahbariyati uchrashuv oʻtkazgan Bayrut janubi Dahiya tumanidagi guruh qarorgohiga berilgan “aniq havo hujumi” natijasida oʻldirilgan, deya xabar beradi TSAHAL.

Hasan Nasrulloh Livandagi harakatga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan.

Mashhur yangiliklar