Isroil elchisiga nisbatan salbiy izoh yozgan fuqaro qamaldi
Isroil elchisi haqidagi izohi uchun IIBga chaqirilganda janjal ko‘targan erkak 10 sutkaga qamaldi.
2024-yil iyul oyining 24 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida O‘zbekistondagi Isroil elchisi missiyasini yakunlayotgani haqidagi xabariga elchixona joylashgan manzilni so‘rab izoh yozgan va shu kommenti bo‘yicha IIBga chaqirilganda xodimlarga bo‘ysunmagan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.
Sud hujjatiga ko‘ra, 1987-yilda tug‘ilgan R.A. 2024-yil 19-iyun kuni Telegram messenjeridagi “Chat-live Quds” nomli kanalga Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi mazmunidagi postga nisbatan “Nima degani bu tarjima qilinglarchi, yaxshi gapmi yoki yomon gapmi, shu elchixonaning lokatsiyasi yo‘qmi, lashkarlarimiz tish tirnog‘i bilan qo‘riqlanayotgandir” degan mazmundagi izoh qoldirgan.
Shundan so‘ng u Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilingan. Fuqaro shu jarayonda IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan jamoat joyi hisoblanadigan IIO FMB binosiga kirish ko‘chasida baqir-chaqir qilib, har xil uyatsiz so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzgan.
Sud majlisida R.A. IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysungan holda kelgani, ortiqcha xatti-harakat qilmaganini aytib, birinchi marotaba ogohlantirish berilishlarini so‘radi.
Sud hukmiga ko‘ra, R.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, ya’ni 680 ming so‘m jarima jazosi va uzil-kesil 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Jazo o‘talganidan so‘ng huquqbuzar R.A.ning maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun ma’muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, ya’ni 510 ming so‘m miqdordagi mablag‘ undirilishi belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 3 yashar bolaning qotili umrbodga qamalgani rad etildi Fargʻonada fuqaro suv taʼminoti xodimini urib jagʻini sindirdi Navoiyda nogironligi bor shaxsga qamoq jazosi berilgani ma’lum bo‘ldi Blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi Sirdaryoda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchi bilan janjallashdi