Fargʻonada fuqaro suv taʼminoti xodimini urib jagʻini sindirdi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda suv taʼminoti xodimi va fuqaro oʻrtasida janjal yuzaga kelgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Fargʻona suv taʼminoti” AJ axborot xizmati maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea Fargʻona viloyati Margʻilon shahri Sarmazor MFY hududida sodir boʻlgan. Ushbu mahalladagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaroning isteʼmol etilgan ichimlik suvidan 1,7 mln soʻm miqdorida qarzdorligi mavjudligi aniqlangan.
Mavjud qarzdorlikni undirish maqsadida “Fargʻona suv taʼminoti” AJ Margʻilon shahar boʻlimi aholi nazoratchisi X.A. isteʼmolchi xonadoniga borgan. Muloqot jarayonida yuzaga kelgan janjal oqibatida nazoratchi X.A.ning pastki jagʻ qismi sinib, unga ogʻir tan-jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Fargʻonada “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazildi Qo‘qonda bir guruh shaxslar ko‘p yillik chinorni arralab, qochib ketdi Farg‘onada erkak o‘zi o‘g‘rilikka tushgan xonadon bekasini pichoqlab o‘ldirdi Andijonda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Soʻnggi yangiliklar







