O‘zbekiston

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini tark etdi

Muhammadjon Ro‘zmatov prokuratura organlaridan o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shadi.

Adliya katta maslahatchisi Ro‘zmatov Muhammadjon Nabijonovich Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammadjon Ro‘zmatov ham prokuratura organlaridan o‘z xohishiga ko‘ra ketgan. Tegishli farmoyishni Bosh prokuror imzoladi.

Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Inoyat Rahmatullayevich Shukurov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq O‘zbekistonga maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tayinlangani haqida xabar berilgandi. Bungacha ushbu lavozimda Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tgan Hilola Umarova ishlab kelayotgandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная