O‘zbekiston

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yangi rahbar tayinlandi

Jahongir Hatamov 2024-yil yanvaridan buyon tuzilmani boshqarib kelgan Shamsiddin Sohibnazarov o‘rnini egalladi.

Prezident farmoni bilan birinchi darajali adliya maslahatchisi Jahongir Hatamov bosh prokurorning yangi o‘rinbosari — Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Hatamov 2023-yil avgustidan buyon bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U bunga qadar Namangan va Samarqand viloyatlari prokurori, Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.

U departament rahbari lavozimida 2024-yil yanvaridan buyon tuzilmani boshqarib kelgan Shamsiddin Sohibnazarov o‘rnini egalladi.

Shu kuni bosh prokuror buyrug‘i bilan departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Inoyat Shukurov va departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Ro‘zmatov “o‘z xohishiga ko‘ra” lavozimidan ozod etildi. Shahar boshqarmasidagi kadrlar almashinuvi haqida esa avval xabar bergandik.

Departament rahbariyatidagi o‘zgarishlar sabablari rasmiy xabarlarda ochiqlanmagan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная