O‘zbekiston

Iordaniya podshohi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Uchrashuv va asosiy tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25–26-avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, qazib chiqarish va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Iordaniyadan Toshkentga charter reys yo‘lga qo‘yiladi. Chegarani kesib o‘tishda amaldagi pasport va barcha kerakli hujjatlarni o‘zi bilan olib yurishi kerak.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная