Iordaniyadan Toshkentga charter reys yo‘lga qo‘yiladi
Chegarani kesib o‘tishda amaldagi pasport va barcha kerakli hujjatlarni o‘zi bilan olib yurishi kerak.

Air Khiva aviakompaniyasi Iordaniyaning Aqaba shahridan Toshkentga charter reysini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi axborot xizmati.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, chegarani kesib o‘tishda amaldagi pasport va barcha kerakli hujjatlar yoningizda bo‘lishi kerak. FKH9902 reysi Isroilning «Asia Travel» sayyohlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Aqaba shahridan uchish 2025-yil 24-iyun kuni soat 19:10 ga rejalashtirilgan. Toshkentga uchib kelish: 25-iyun kuni soat 02:40 da (Toshkent vaqti bilan).
Aviachipta sotib olish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (Iordaniya vizasini olish, Tel-Avivdan Iordaniya chegarasigacha transfer) quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: +972 53-556-5254 (Eli) – WhatsApp orqali ham mavjud. Ma’lum qilinishicha, aviakompaniya va mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga muvofiq parvoz jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashishi fonida o‘zbekistonliklar Isroil va Eronga bormaslikka chaqirilgandi. Ushbu mamlakatlardagi vatandoshlardan xavfsiz hududlarga yetib borish so‘ralgan.
Izohlar