“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” medali ta’sis etildi
Prezidentning farmoni bilan “Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80-yilligi” esdalik yubiley medali taʼsis etildi.

2025 yil 9 mayda Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi nishonlanishi munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etildi. Bu to‘g‘risida bugun, 25 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni qabul qilindi.
“Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
- “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan;
- urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar;
- Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faxriylari;
- “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”;
- “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga;
- 1941-1945 yillardagi urush davrida Qurolli Kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadi”, deyiladi hujjatda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlanishi lozim bo‘lgan 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va nogironlarining, mehnat fronti qatnashchilarining aniq ro‘yxatini tuzib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buzilayotgan turar va noturar joy obektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi 3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi Ayrim dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi Ayrim kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi
Soʻnggi yangiliklar







