20 Fevral 2025, 13:21 Oʻzbekiston

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan mukofot puli beriladi

“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 80-yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilari moddiy ragʻbatlantiriladi.

Bir martalik pul mukofoti belgilandi:

  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming AQSh dollari miqdorida;
  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 million so‘m miqdorida;
  • 1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 million so‘m miqdorida.

Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Mashhur yangiliklar