7 Fevral 2025, 11:33 Oʻzbekiston

Ikki viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.

Ikki viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

“Oʻzgidromet” agentligi 8–12-fevral kunlari sodir boʻlishi mumkin boʻlgan qor koʻchish xavfidan ogohlantirdi.

Kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.

Mashhur yangiliklar