Ikki viloyatda “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Navoiy viloyatining G‘ozg‘on hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, G‘ozg‘on shahrida fuqaro T.Sh. fuqaro F.G‘.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 1 200 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqaro M.J. fuqaro B.Sh.ning ishonchiga kirib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 600 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqand shahri hududi kengaymoqda O‘zbekistonda 10 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyada ushlandi Samarqandda noqonuniy qum-shag‘al qazib olganlar tabiatga 826 mlrd so‘m zarar yetkazdi Samarqandda qo‘lbola aroq sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib yuborgan haydovchi qamaldi