Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib yuborgan haydovchi qamaldi
Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib, pulini onlayn qimorga tikib yuborgan haydovchi 3 yilga qamaldi.

Sud hukmida keltirilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan D.T. haydovchilik bilan shug‘ullangan. U fuqaro O‘.M.ga tegishli bo‘lgan yuk mashinasini ijaraga olib, boshqarib kelgan.
2024 yilning 23 avgust kuni Yangiyer shahar kichik sanoat zonasida joylashgan un mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MChJ ish yurituvchisi D.T. bilan umumiy narxi 93 mln 750 ming so‘mlik 25 tonna unni Surxondaryo viloyatidagi chegara bojxona postiga yetkazib berishga kelishgan. Ushbu un MChJ tomonidan Afg‘onistonga eksport qilinayotgan bo‘lgan.
Ish yurituvchining ishonchiga kirgan haydovchi 25 tonna unni yuklab, yo‘lga tushgan. Biroq u 500 qop manzilga olib bormasdan, Sherobod tumani hududida bir qopini 100 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda odamlarga sotib yuborgan. Yig‘ilgan 65 mln so‘m pulni esa onlayn qimorga tikib, yutqazib qo‘ygan.
D.T. sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan.
Sud hukmi bilan D.T. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, D.T.dan korxona hisobiga 93 mln 750 ming so‘m yetkazilgan zarar undirilishi belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kg giyohvandlik vositasi fosh qilindi Namanganda begonaning yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh qilindi Uch hududda energiya resurslari va suv taʼminotidan qarzdorlikni “nol” qilib berishni vaʼda qilganlar ushlandi Surxondaryoda noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







