Ikki hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi
Qashqadaryoning ikki hududida qariyb 700 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Sh.K.” MChJ va “O” MChJ masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Natijada jami 588,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, G‘uzor tumanida “T.T.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Oqibatda jami 106,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda dori savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi Farg‘onada 2 yoshli bola enaga tufayli og‘ir jarohat oldi Qashqadaryoda 588,3 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Qashqadaryoda operatsiya uchun bemoridan pul olgan shifokor jarimaga tortildi Yuridik shaxslar uchun limitdan tashqari elektr va gaz tarifi pasaytirilgan