Ikki hududda 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 372,2 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahrida U.D. “I.S.” MChJga qarashli “Qiziltepa” MFY hududidagi savdo do‘konida qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 1 791 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, “B.S.” MChJ rahbari Sh.A. “S.Sh.” MChJga qarashli Denov tumani “Nurli manzil” MFY hududidagi omborxonada 4 turdagi jami 11 697 dona umumiy bahosi 321 mln so‘mlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi