O‘zbekiston

Ijtimoiy himoya, ta’lim, resurslar: O‘zbekiston Finlyandiya bilan nimalar haqida kelishib oldi?

Prezidentlar muzokaralar yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonotni imzoladi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan. Xususan, tomonlar iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Bundan tashqari, muzokaralar doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi hujjatlar imzolandi:

  • foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;
  • geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;
  • raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;
  • maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;
  • ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;
  • raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish.

Avvalroq uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat yetakchilari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgandi. O‘zbekiston-Finlyandiya biznes forumi yakunida tomonlar umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ziyod istiqbolli qo‘shma loyihalar portfelini shakllantirdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная