IIBB firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi
Bildirilishicha, havola ko‘rinishidagi bunday xabarlar yaqin tanishlar tomonidan yuboriladi,
Firibgarlar Telegram platformasida “Telegram premium 1 yil muddatga yangi yilga sovg‘a” mazmunidagi xabarlar yuborib, platforma foydalanuvchilarini chuv tushirmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, havola ko‘rinishidagi bunday xabarlar yaqin tanishlar tomonidan yuboriladi. Aslida esa bu xabar tanishlar tomonidan emas, balki firibgarlar tomonidan jo‘natiladi.
“Agar kelgan xabarni ichiga kirib ko‘rsangiz, sizning nomingizdan ham shunday xabarlar kontaktingizdagi tanishlaringizga yuboriladi. Shuningdek, telefoningizga tushgan virus shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydi. Bank plastik kartangizdagi pullar yechib olinadi”, deyiladi xabarda.
IIBBga ko‘ra, fuqarolarning telefoniga bunday xabarlar kelsa, uni zudlik bilan o‘chirib tashlash kerak.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda maktab o‘quvchisi o‘zgalar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi Pavel Durov Telegram video platformaga aylanishini aytdi Markaziy bank onlayn firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi Whats nomli moliyaviy piramida tashkilotchilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Firibgarlar prezidentning fotosuratidan foydalanib, yolg‘on xabar tarqatayotgani aytildi