Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi
Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati berilmoqda.
Prezidentning “Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etilmoqda.
Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati beriladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan vazirlik va idoralarga, Markaziy bank va tijorat banklaridan byudjet tashkilotlari hamda byudjet mablagʻlarini oluvchilarning byudjet va davlat qarzi mablagʻlarining harakatiga doir maʼlumotlarni markazlashgan tartibda soʻrab olish vakolati beriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda bolalar nafaqasi oluvchilar soni keskin kamaytirildi O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi mumkin Byudjet mablag‘lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlar aniqlandi Toshkent tumanida 43 ming xonadon noma’lum muddatga gazsiz qoladi Qoraqalpog‘istondagi 7 ta tuman hokimliklari qonunchilikka zid normativ hujjatlar qabul qilgani aniqlandi