O‘zbekiston

Haydovchilik huquqini onlayn tiklash mumkin bo‘ladi

Xizmat bir kun ichida, yetkazib berilsa, uch kun ichida ko‘rsatiladi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi yo‘qolgan taqdirda uni YIDXP orqali onlayn tarzda tiklash mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz saytiga kirib, “Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish” xizmatini, so‘ngra “Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash” bo‘limini tanlab, arizani rasmiylashtirish kerak. Xizmat narxi 370 800 so‘m, yetkazib berish esa 25 000 so‘mga tushadi.

Bunda xizmat bir kun ichida, yetkazib berishni hisobga olgan holda esa uch ish kuni ichida ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, mutaxassislar quyidagi hollarda xizmatni bekor qilishlari mumkin:

  • agar guvohnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimda tasdiqlanmasa;
  • agar ariza beruvchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa;
  • agar arizachiga nisbatan 131-modda (transport vositalarini mast holda boshqarish) va 136-modda (transport vositalari haydovchilarini va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarini mast holda tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlash) bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa.

Avvalroq davlat organlariga YIDXP ilovasida mavjud bo‘lgan hujjatlarning asl nusxalarini talab qilish taqiqlanishi haqida xabar berilgandi. Ro‘yxatga ID-kartalar, JSHSHIR va haydovchilik guvohnomalari kiradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная