“G‘ishtko‘prik”da fuqaro jonivorlarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urindi
O‘zbekistonga Hindiston oq tovusi va qirg‘ovullarni noqonuniy olib kirayotgan shaxs to‘xtatib qolindi.
Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “G‘ishtko‘prik” postida jonivorlarni noqonuniy olib o‘tishga urinish aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatida yashovchi fuqaro M.N. Chechenistondan 22 dona 4 turdagi qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovuslarini chegara bojxona postidan olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Nazorat-o‘tkazish punktidagi tekshiruv davomida ularning tegishli hujjatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, veterinar xulosasida qushlar nomi va soni noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, qushlar holatga aniqlik kiritilgunga qadar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Ma’lumot uchun, yovvoyi hayvonlarni O‘zbekistonga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish Ekologiya vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Maxsus hujjatsiz noqonuniy olib kirish yoki olib chiqishga urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar olib qo‘yiladi. Shundan so‘ng ulardan kelgusida foydalanish to‘g‘risidagi qaror vazirlik tomonidan qabul qilinadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekistonga pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi “G‘ishtko‘prik” bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy olib o‘tishga urinish bo‘ldi Kontrabandachilar O‘zbekistondan yuzlab toshbaqani yashirincha olib chiqmoqchi bo‘ldi Toshkent viloyatida 187 mln soʻmlik zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilayotgan 90 mln so‘mlik braslet to‘xtatib qolindi