“G‘ishtko‘prik” bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy olib o‘tishga urinish bo‘ldi
Toshkent viloyatidagi bojxona postida 3 metrlik ilonni noqonuniy ravishda olib kirishga urinish aniqlandi.
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida 3 metrlik ilonni olib kirishga urinish fosh qilindi, deya xabar qildi Bojxona qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan piyodaga tegishli qo‘l sumkasi nazorat-rentgen uskunasi orqali ko‘zdan kechirilganida, uning ichida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan 1 bosh ilon borligi aniqlangan.
3 metr uzunlikdagi ilon dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma iloni bo‘lib, asosan Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoda yashaydi.
Ta’kidlanishicha, xalqaro Qizil kitobga kiritilgani sababli mazkur jonivorni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda xalqaro CITIES ruxsatnomasi talab etiladi. Ammo, yuqoridagi holatda yo‘lovchi bu kabi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmagan.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari boshlangan. Ilon esa Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan bo‘lib, mutaxassislar uning holatini barqaror deb baholashmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Yangiyo‘lda xonadondan qochib ketgan barcha ilonlar tutildi Oʻzbekistonga pnevmatik qurol olib oʻtayotgan shaxs ushlandi Navoiyda noqonuniy baliq ovlagan shaxslar tabiatga 6,3 mlrd zarar yetkazdi “G‘ishtko‘prik”da fuqaro jonivorlarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urindi Kontrabandachilar O‘zbekistondan yuzlab toshbaqani yashirincha olib chiqmoqchi bo‘ldi