27 Avgust 2024, 11:21 •Oʻzbekiston
Fransiya prokuraturasi Durovni 12 ta jinoyatda ayblamoqda
Jinoyatlar orasida uyushgan guruhlarning noqonuniy operatsiyalarini amalga oshirish uchun onlayn-platformani boshqarishda ishtirok etish ham bor.
Fransiya prokuraturasi Telegram asoschisi Pavel Durovni 12 ta jinoyatda ayblamoqda. Bu haqda prokuratura press-relizi bilan tanishgan «Novaya gazeta Yevropa» xabar berdi.
Xususan, unga quyidagi ayblovlar qo‘yilgan:
- uyushgan guruhlarning noqonuniy operatsiyalarini amalga oshirish uchun onlayn-platformani boshqarishda ishtirok etish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabiga binoan tergovni o‘tkazish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yoki hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortish;
- voyaga yetmaganlar pornografik kontentini saqlashda ishtirok etish;
- voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini uyushgan guruh tomonidan tarqatishda ishtirok etish;
- giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish;
- hakerlik hujumlari bilan bog‘liq kiberjinoyatlarga sheriklik;
- uyushgan jinoiy guruhlarning firibgarlik faoliyatiga sheriklik;
- kamida besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadigan jinoyatlarni sodir etish maqsadida uyushgan guruh tuzish;
- uyushgan jinoiy guruh faoliyatidan olingan pul mablag‘larini legallashtirish;
- majburiy deklaratsiyalarsiz, maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografik xizmatlarni taqdim etish;
- maxfiylikni ta’minlash uchun zarur bo‘lganidan tashqari kriptografiya vositalarini noqonuniy taqdim etish;
- maxfiylikni ta’minlash uchun zarur bo‘lganidan tashqari kriptografik vositalarni noqonuniy import qilish.
Qayd qilinishicha, Durovga nisbatan tergov 8 iyulda boshlangan. U 28 avgustgacha hibsda qoladi, shundan so‘ng, prokuratura unga nisbatan ayblov e’lon qilishi yoki ozod etishi shart.
Мавзуга оид хабарлар:
YTTB va YI Xorazmdagi quyosh elektr stansiyasi loyihasiga mablag‘ ajratdi Pavel Durov Telegram video platformaga aylanishini aytdi Telegram foydalanuvchilari ogohlantirildi Telegram Qozog‘istonda ofis ochadi Telegram’ga 10 ta yangi funksiya qo‘shiladi
Soʻnggi yangiliklar
23-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20