Fly Khiva`ning Toshkentdan Sharm ash-Shayxga uchadigan reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi
Yo‘lovchilar terminalning steril zonasiga yo‘naltirilib, issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Uzbekistan Airports Toshkentdan Sharm-ash-Shayxga parvoz kechikayotganiga izoh berdi va samolyotning yangi jo‘nash sanasini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent aeroportida Fly Khiva aviakompaniyasining Toshkent—Sharm ash-Shayx—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2U-5501/2U-5502 reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirilgan. Kompaniya yo‘lovchilar terminalning steril zonasiga yuborilgani va issiq ovqat bilan ta’minlanganini ma’lum qildi.
Aviakompaniya vakillari yo‘lovchilarning barcha so‘rovlariga zudlik bilan javob berishini ma’lum qildi. Shuningdek, reys kechiktirilganda yo‘lovchilarni ovqatlantirish, tashish va mehmonxonada joylashtirish masalalarini aviakompaniya ta’minlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, reys Toshkent vaqti bilan soat 18:20 da belgilangan manzilga jo‘nab ketishi kerak edi.
Mavzuga doir: Samolyot kechikkanda yo‘lovchilarga qanday xizmatlar ko‘rsatiladi? Har bir kompaniya asosiy opsiyalar to‘plamini taqdim etishi shart.
Izohlar