Farmatsevtika agentligi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Oybek Elmuratov Farmatsevtika agentligi direktori o‘rinbosari bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga Oybek Elmuratov o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Oybek Elmuratov bungacha Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.
U 1999-yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini “O‘zmilliybank” Loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.
Keyinchalik Moliya vazirligida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, ushbu vazirlikning Yo‘l jamg‘armasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bundan tashqari, faoliyati davomida BMTning O‘zbekistondagi loyiha menejeri, “O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshlig‘i, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshlig‘i kabi qator mas’ul vazifalarda mehnat qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi Shavkat Mirziyoyev 9 nafar senatorni tayinladi Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi Oʻzbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi