Farg‘onada talaba qiz o‘zini 3-qavatdan tashlab, vafot etdi
Prokuratura surishtiruv natijalariga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lgani aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan.

Farg‘ona viloyatidagi institutining 20 yoshli talabasi o‘zini yuqori qavatdan tashlab halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda 25-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, qiz 2024-yilning 12-dekabr kuni institut talabalar turar joyining 3-qavatidan o‘zini pastga tashlab og‘ir tan jarohati olgan. Biroq unga tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan.
Prokuratura surishtiruv natijalariga ko‘ra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lgani aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.
“Marhuma qizning dafn marosimi yaqinlari ishtirokida o‘tkazildi. Institut rahbariyati oilasiga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatib, og‘ir kunlarda ular bilan birga bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Vazirlikka ko‘ra, hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus qoidalar joriy etilgan, kunlik nazorat va psixologik ko‘mak yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikrlari o‘rganilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona hokimi sportchi Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi Kompyuter klubida janjal ko‘targanlar qamoqqa olindi Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi Fargʻonada avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushdi Farg‘onada noqonuniy hujra tashkil etgan shaxslar aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







